Rahbariyat tomonidan qabul qilish jadvali

Ariza beruvchi yoki murojaat qiluvchi fuqarolar uchun MA’LUMOT.

O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida» Qonuniga muvofiq, «UZAUTO MOTORS» AJ ga ariza beruvchi yoki murojaat qiluvchi fuqarolar uchun quyidagi hujjatlar to‘plami zarur bo‘ladi:

1. Ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

- arizachining haqiqiy yashash joyining to‘liq pochta manzili, ro‘yxatga olingan manzili, pochta indeksi ko‘rsatilgan holda;

- arizachining to‘liq familiyasi, ismi, ota ismi va shaxsiy imzosi;

- sanasi.

2. Ro‘yxatga olingan manzili beti ko‘rsatilgan holda, pasportning nusxasi.

«UZAUTO MOTORS» AJ ning ishlash jadvali

Dushanba – Juma: 08:00 – 17:00

Tushlik 12:00 - 13.00

Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.

Avtomobillarni naqdsiz hisob-kitob orqali sotib olish to‘g‘risida xat yuboruvchi korxonalar va tashkilotlar uchun MA’LUMOT.

1. Xat tashkilot yoki korxonaning firmaviy blankasida yozilgan bo‘lishi lozim.

2. Xatda, o‘ng ustki burchagida tashkilot yoki korxona murojaat qilayotgan «UZAUTO MOTORS» AJ rahbarining lavozimi, familiyasi va ismi-sharifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

3. Xatning matni ostida pastda albatta tashkiot yoki korxona tomonidan imzolaydigan shaxsning lavozimi ko‘rsatiladi, uning shaxsiy imzosi qo‘yiladi va muhr bilan tasdiqlanadi.

4. Barcha bank rekvizitlari (hisobraqami, STIR, MFO, bankning nomi) ko‘rsatiladi

5. Pochta manzili va indeksi, shahar va uyali telefon raqamlari.

«UZAUTO MOTORS» AJ ning ishlash jadvali

Dushanba – Juma: 08:00 – 17:00

Tushlik 12:00 - 13:00

Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.

Rahbarlarga og'zaki ravishda murojaat qilish qabul jadvali

F.I.Sh. Lavozim Sana Vaqti
Bo Inge Andersson Bosh direktor Har haftaning chorshanba kunlari 16:00-17:00
Saxapov Aleksandr Aleksandrovich Marketing, savdo va avtoservis bo‘yicha boshqaruvchi direktor Har haftaning seshanba kunlari 16:00-17:00
Xusainov Baxtiyor Urinovich Sanoat va axborot texnologiyalarida tijorat aloqalarini kengaytirish va mahalliylashtirish masalalari boʼyicha bosh direktor birinchi oʼrinbosari Har haftaning payshanba kunlari 16:00-17:00