Kompaniya haqida

Kompaniya nomi:

«UZAUTO MOTORS» aksiyadorlik jamiyati

Zavod:

Umumiy maydoni / Ishlab chiqarish maydoni - Asaka : 72ga / 192 ming kv. m.; Xorazm: 35 ga / 20 ming kv. m.; Toshkent: 5 ga / 13 ming kv. m.

Andijon viloyati (Farg‘ona vodiysi), Asaka shahrida joylashgan.

Filiallari:

Xorazm viloyati, Pitnak shahri.

Ishlab chiqarish quvvati:

«UZAUTO MOTORS» AJ, Asaka shahri - 330 ming avtomobil.

«UZAUTO MOTORS» AJ filiali, – 80 ming avtomobil;

Mahsuloti:

Hozirgi paytda «UZAUTO MOTORS» AJ tomonidan «Chevrolet» brendi ostida – Spark, Nexia, Cobalt, Lacetti (Gentra), Damas, Labo, Malibu, Tracker, Equinox, Traverse va Tahoe kabi avtomobil modellari xaridorlarga yetkazib berilmoqda.

UZAUTO MOTORS yetkazib beruvchilari:

100 dan ortiq, shu jumladan sub yetkazib beruvchilar. Asosiylari — «GM Powertrain Uzbekistan», «Uz SeMyung», «Uz Koram»,«Uz Koje» «Avtokomponent», «Uz Dong Yang», «Uz Hanwoo», «Uz Dong Won Ko», «Uz Dong Ju Paint», «Uz Tong Hong Ko», «Uz Chasis»,«Uz Sangwoo», «O`zAuto Austem», «Uz Minda», «Jizzax Akkumulyator Zavodi», «Uzeraealternator», «Uzerae Climate Control», «Uzeraeacable», «Uz Hanwoo Engineering», «Kwangin Autosystems», «Avtooyna» va boshqalar.

Xodimlari:

«UZAUTO MOTORS» AJ xodimlari soni 2023 yil 1 mart holatiga ko'ra 11 624 kishidan ortiqni tashkil etadi.

«Jamiyat faoliyatining maqsadi avtomobillarni ishlab chiqarish, yig'ish va sotish orqali foyda olishdan iborat». Jamiyat faoliyatining predmeti:

  • - avtomobillarni ishlab chiqarish, yig'ish va sotish;
  • - avtomobil detallarini va extiyot qismlarni ishlab chiqarish va sotish;
  • - eksport va import operatsiyalarini, hamda vositachilik amaliyotlarini amalga oshirish;
  • - marketing;
  • - injiniring xizmatlarini ko'rsatish;
  • - qarz berish, shu jumladan Uchinchi shaxslardan va davlat organlaridan qarz olish;
  • - yuqorida ko'rsatilgan maqsadlarga erishishi uchun zarur bo'lgan Qonunchilikda ruxsat etilgan boshqa har qanday faoliyat turlarini amalga oshirish.