Bosh direktorning murojaati

Bosh direktor

UzAutoMotors” АJ Bosh direktorining

MUROJAATI

Hurmatli hamkasblar va biznes hamkorlar!

Yildan yilga Jamiyatimiz xalqimizga sifatli va zamonaviy avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha o‘z oldiga qo‘yilgan katta maralarni zabt etib kelmoqda va shu bilan birga barchamizni aksiyadorlar, xodimlar, biznes sheriklar, davlat va umuman jamiyat oldidagi mas’uliyatimiz darajasi ham o‘sib bormoqda.

Barcha muhim natijalarga erishishimizda  jamoamizning har bir a’zosini fidoiy mehnati bilan  qo‘shgan hissasi va albatta yuqori xulq-atvori ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda korrupsiya avvalgidan ham mamlakatimizning barcha sohalari rivojlanishiga katta to‘sqinlik qilayotgan va beqiyos xavf tug‘diradigan jiddiy illat sifatida, barchamizning barqarorlik va xavfsizligimizga putur yetkazib, sezilarli yo‘qotishlarga olib kelmoqda.

Shu sababdan, korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat davlat va jamiyatning balkim biznes hamjamiyati oldida ham dolzarbligi ortib bormoqda.

Jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan komplaensga oid ichki me’yoriy hujjatlar barchamizdan o‘z faoliyatimizni har bir jabhasida qonunchilikka rioya qilishimizni, korrupsiya holatlarini oldini olishimizni va birgalikda kurashishimizni talab qiladi.

Yuqoridagi komplaens talablari bo‘yicha savollaringiz tug‘ilsa va korrupsiyaga oid ma’lumotlar haqida bevosita Jamiyatimizning Komplaens xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin. Komplaens jamoasi doimo yordamga tayyor.

Barchangizdan korrupsiyaga qarshi kurashishni Jamiyatimiz qadriyatiga aylantirishingizni va o‘z harakatlaringiz bilan shahsiy na’muna bo‘lishingizga  ishonaman.

Hurmat bilan,

Bo Andersson